Bukmeker saytlarga pul kiritib qaytarib olingan pul
Assalomu alaykum! Men internetga kirib bukmeker saytlarga qiziqib qoldim. Ya’ni sport o‘yinlariga pul tikiladigan saytlarga. Boshida bir ikki marta yutqazdim. Keyin ikkinchi marotaba pul tikib yutqazgan hamma pullarimni qaytarib oldim. Keyinchalik bukmekerlik bilan shug‘ullanish harom degan gaplarni eshitib ko‘nglim qoldi bunaqa ishlardan. Savolim shuki, yutqazgan pullarimni qaytadan uynab qaytarib olganman, o‘sha pullarimni o‘z ehtiyojimga ishlatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday saytlarni reklama qilishning o‘zi shar’an harom amaldir. Undan pul topayotganlar ham haromdan topishayotgan bo‘lishadi. Siz u pullarni olmang, yutib olganingiz ham harom. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom