Ummu so‘zining ma’nosi?

Assalomu alaykum! Ummu so‘zining ma’nosi nima? Hozir juda ko‘p ismlarning oldida ishlatilayotganini ko‘ryapmiz? Masalan Ummu Zaynab, Ummu Imron va boshqalar ..
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ummu Imron degani Imronning onasi degani. Gohida bir sohaning ustasiga ham “Ummu” so‘zini ishlatiladi. Xuddi fe’li yomon va makkora ayollarni shaytonning onasi deyilganidek. Makkai Mukarramani Ummur Quro deyiladi. Ya’ni butun shaharlarning onasi degani. Umm kalimasi ayollarga kunya sifatida ishlatiladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 535 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar