Ummu Salama onamiz o‘qigan duo

Assalomu alaykum! Ummu Salama roziyallohu anho onamiz eng afzal er sanalmish Abu Salama roziyallohu anhudan ajralib qolganlarida bir duo o‘qigan ekanlar. Oqibatda olamlar sarvari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zotga turmushga chiqqan ekanlar. Mana shu duoni izlab topolmayapman, iltimos shu duoni aytib bersangizlar. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin, rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: مَا مِنْ عَبْدٍ تُصِيبهُ مُصِيبَةٌ فَيَقُولُ: إِنَّا ِللهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ، اللَّهُمَّ أْجُرْنِي فِي مُصِيبَتِي وَأَخْلِفْ لِي خَيْرًا مِنْهَا، إِلَّا أَجَرَهُ اللهُ فِي مُصِيبَتِهِ وَأَخْلَفَ لَهُ خَيْرًا مِنْهَا. قَالَتْ: فَلَمَّا تُوُفِّيَ أَبُو سَلَمَةَ قُلْتُ كَمَا أَمَرَنِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَأَخْلَفَ اللهُ لِي خَيْرًا مِنْهُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qaysi bir bandaga musibat etganda «Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun. Allohumma’jurnii fii musibati va axlif lii xoyrom minha» desa, albatta, Alloh unga ajr beradi va unga buning o‘rniga yaxshirog‘ini beradi», deganlarini eshitdim. Abu Salama vafot etganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga amr qilganidek aytdim. Alloh menga uning o‘rniga undan yaxshi zotni – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni berdi». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Agar yo‘qotgani erkak bo‘lsa “va axlifliy xoyron minhaa” o‘rniga “va axlifliy xoyron minhu” deb duo qilinadi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 168 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar