Noqonuniy diniy ta’lim

Assalomu alaykum! Qo‘shnimizning o‘g‘li ukamdan "La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh" kalimasini o‘rgatishni va qog‘ozga yozib berishni iltimos qilgan. Ukam shu ishni qilgan. Qo‘shnimizning ayoli esa bu haqda xavfsizlik xizmatiga shikoyat qilgan. Sudda qo‘shnimizning o‘g‘li o‘z ixtiyori bilan o‘zi iltimos qilganligini aytsa ham sudya ukamni noqonuniy diniy ta’lim berishda ayblab 5 sutka qamoq jazosi berdi. Aytingchi, ukamning qilgan ishi to‘g‘rimi yoki bu noqonuniy diniy ta’lim berishga kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu insonning ustidan kulishga kiradi. Biz barchaga ushbu kalimani ta’limini berishga buyurilganmiz. Bu Alloh va payg‘ambarining buyrug‘i. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:16 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar