Shar’iy hukmi qanday?
Assalomu alaykum! Inson hayoti davomida ota-onasini ranjitgan, silai-rahm aloqalarini uzgan, aroq ichadigan, haromdan o‘zini tortmaydigan xullas Allohning chegarasini bilmaydigan odamlar bilan bir dasturxonda o‘tirishga, majlislarda birga bo‘lishga, safarga birga chiqishga to‘g‘ri keladi. Bu kabi amali noshar’iy, e’tiqodi buzuq odamlar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerak? Shunday bandalarga nisbatan shariatning hukmlari, ya’ni la’nat, notinchliq moliga ziyon kabi jazolar birga yurganlarga ham yo‘liqib qolmaydimi? (Qozonga yaqin yursang qorasi yuqar kabi)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularga to‘g‘ri yo‘lni tushuntirish maqsadida ular bilan birga bo‘lish joiz. Shunday qilish kerak ham. Undan boshqasida ular bilan birga bo‘lish joiz emas. Ulug‘ zotlardan biri u vaqtlarda joiz bo‘lgan bir cho‘risi bilan bozorga borib bir joyda ishlarini bitkazib kelguncha kutib turishini tayinlaydi. Xo‘jayin qaytib kelsa cho‘ri yo‘q. Uzoq qidirishdan keyin uyiga kelsa, cho‘ri uyida turgan bo‘ladi. U kishi qattiq g‘azablanib jazolamoqchi bo‘lganida cho‘ri : “Meni jazolashga shoshilmang, avval sababini biling keyin nima qilsangiz bo‘ladi. Siz meni tashlab ketgan joyda hamma inson Alloh taolodan g‘aflatda bir u gunohga qo‘l urgan, boshqa yana boshqa gunohni qilayotgan ekan. Alloh taoloning balosi kelsa ularning jamoasi bilan birga bo‘lishdan qo‘rqdim” dedi. U kishi cho‘rining bu gapidan ta’sirlanib “Seni Alloh uchun ozod qildim” dedi. Shunda cho‘ri “Siz menga yaxshilik qilmoqchi bo‘ldingizu, lekin meni ulkan savobdan mahrum qildingiz. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchta insonga har bir qilgan amali uchun ikki barobar ajr beriladi. O‘shalardan biri qul bo‘lib(cho‘ri ham shuning ichiga kiradi), Alloh taoloning ibodatini ham qiladi, xojasining ham xizmatini qiladi deganlar” dedi. Siz meni ozod qilib har bir amalimdan oladigan ikki xissa savobdan mahrum qildingiz – dedi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 168 | Aqiyda