Qasam xaqida

Assalomu alaykum! Sayt hodimlari sizlardan Alloh rozi bo‘lsin.  Telegramdagi kanalingizni muntazam kuzatib boraman. Kanalingiz sababli yana nomozda bardavom bo‘lishni boshladim. Oldinlari boshlab yana tashlab ketardim. Hozir namozga shoshilaman. Sizga savol. yo‘llash endi nasib etdi. Sizlarga savolim bor edi. Turmush o‘rtog‘im bundan 6 oycha oldin bir nopok ayol bilan o‘ralashib qolib,  zino qilib yurganini bilib qoldim. Turmush o‘rtog‘im bundan qattiq pushaymonliklarini aytib uzr so‘radilar. Men ishontirishlarini aytdim, shunda u ayolga telefon qilmaslikka, xabar yozmaslikka va umuman ichrashmaslikka Qur’onni ushlab qasam ichdilar. Lekin shu kungaca telefonlarida u ayolni nomerini ko‘rganimda har xil baxona qildilar va Qur’on ushlab qasam ichganmanku dedilar. Yaqinda bilsam turmush o‘rtogim u ayolga shunchaki do‘st bo‘lib gaplashib yurishni taklif qilib yalinibdilar.   Menga esa tan olmasdan ish yuzasidan telefon qildim dedilar.  Mana farzandim 3 oydirki kasaldan boshi chiqmaydi. 1 kun sog‘ bo‘lsa 10 kun kasal. Buzilgan qasam kasri bolamga urmayotganmikin? Qur’onni ushlab ichilgan qasam Alloh nomi bilan qasam ichganga tengmi? Alloh nomi bilan ichilgan qasam bilib turib buzilsa uni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh nomi bilan qasam ichgan bilan teng bo‘ladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar