Namoz qazosi xaqida va so‘z bidiati xaqida
Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarlaridan birida (hamma) Bomdod namozida uxlab qolib, quyoshning issig‘idan uyg‘ondilar. U zot alayhissalotu vassalom: «Bu joydan boshqa joyga o‘tinglar», dedilar. So‘ngra Bilolga amr qilib, azon ayttirdilar. So‘ngra tahorat qilib, ikki rak’at fajr (Bomdod)ni (sunnatini) o‘qidilar. So‘ngra Bilolga amr etib, takbir ayttirdilar va ularga Bomdod namozini o‘qib berdilar». Abu Dovud va ikki Shayx rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu hadisda zikri kelgan hodisa juda ma’lum va mashhur. Muhaddislarimiz ishtirokchilarning gaplarini bir necha hadislarda keltirganlar. Jumladan, Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Xaybar g‘azotidan qaytganlarida kechasi bilan yurdilar. U zotni mudroq bosganida, kechaning oxirida dam olishga qaror qildilar va Bilolga: «Bizning qorovulimiz bo‘l», dedilar. Bilol qudrati etganicha namoz o‘qidi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u kishining sahobalari uyquga ketdilar. Tong yaqin qolganda Bilol yuklariga suyangan holda ko‘zi ketib, uxlab qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham, Bilol ham, sahobalardan birortasi ham quyosh ularni urmagunicha uyg‘onmadilar. Birinchi bo‘lib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam cho‘chib uyg‘ondilar va: «Hoy Bilol!!!» dedilar. «Sizning nafsingizni olgan mening nafsimni ham oldi», dedi Bilol. U zot: «Turib, jo‘nanglar!» dedilar. Bas, turib, ko‘chlarini bir oz yurgizdilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat qildilar va Bilolga amr qildilar, u takbir aytdi. Bas, ularga Bomdod namozini o‘qib berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni o‘qib bo‘lgach: «Kim namozni esidan chiqarsa, eslagan chog‘ida o‘qib olsin. Chunki Alloh taolo: «Namozni Mening zikrim uchun qoim qil», degan», dedilar». Shu jumlani telegram ijtimoiy tarmoqdan oqidim bomdod qazo namozini oqiganda sunnatinixam oqiladimi 2savolim kattalarimizda kop gapiriladi odam oyog‘i ostidan o‘tma yoki ukangni ustidan oxlap o‘tma bo‘ying o‘smay qoladi degan gap bor bu to‘g‘rimi yoki bidiat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Siz keltirgan hadisni dalil qilib ulamolar, bamdodni qazo qilgan kishi peshin vaqti kirguncha sunnatini ham farzini ham qazo qilib o‘qiydi. Undan keyin esa farzini o‘zini o‘qiydi deganlar. Chunki qazolar ko‘paib ketsa qiyinchilik bo‘ladi. Imkon qadar tezroq qutilishga harakat qilish kerak. Shuning uchun sunnatlar qoldiriladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:19 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Siz keltirgan hadisni dalil qilib ulamolar, bamdodni qazo qilgan kishi peshin vaqti kirguncha sunnatini ham farzini ham qazo qilib o‘qiydi. Undan keyin esa farzini o‘zini o‘qiydi deganlar. Chunki qazolar ko‘paib ketsa qiyinchilik bo‘ladi. Imkon qadar tezroq qutilishga harakat qilish kerak. Shuning uchun sunnatlar qoldiriladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:19 | Savol-javoblar | 154 | Namoz