Juma nomozining sunnati

Assalomu alaykum! Ba’zi odamlar Juma nomozining 2 rakat farzidan oldingi 4 rakat sunnatni o‘qish kerak emas bu bidat deyishadi bu gap rostmi . Unday bolmasa o‘qish kerakligiga dalil (hadis) keltiring .Javob uchun odindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ulamolardan faqatgina Ibn Taymiya rahmatullohi alayh jumadan oldingi sunnatni inkor qilganlar. Jumhur ulamolar “Juma peshinning o‘rniga qoim bo‘lgani uchun peshindan oldingi sunnatlar jumaning ham sunnatidir” deganlar. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُصَلِّي قَبْلَ الْجُمُعَةِ أَرْبَعًا، وَبَعْدَهَا أَرْبَعًا، يَجْعَلُ التَّسْلِيمَ فِي آخِرِهِنَّ رَكْعَةً. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam jumadan oldin to‘rt rak’at, keyin to‘rt rak’at o‘qir edilar. Salomni ularning oxiridagi rak’atda qilar edilar».
Tabaroniy rivoyat qilgan.    
Ushbu hadisning roviylaridan faqat Muhammad ibn Abdurrahmon Sahmiyni imom Buxoriy zaif, degan. Boshqa barcha roviylari ishonchli. Ammo Ibn Adiy ushbu Muhammad ibn Abdurrahmon Sahmiy haqida: «Mening nazdimda bo‘laveradi», degan. Ibn Hibbon esa uni ishonchli roviylar ichida zikr qilgan. Bunday odamlarning rivoyati zaif emas, hasan bo‘ladi.
Ali Qoriy rahmatullohi alayhi aytadilar: «Bu yaxshi isnod bilan ham kelgan. Hofiz Iroqiy: «Ul zot alayhissalom undan (jumadan) oldin to‘rt rak’at namoz o‘qir edilar», degan».
Endi siz aytgandan boshqa rivoyatlarga o‘taylik. Rivoyat qilinishicha, «Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu jumadan oldin to‘rt rak’at, jumadan keyin to‘rt rak’at namoz o‘qir edilar» (Termiziy rivoyat qilgan).
Bu ma’noda sahobai kiromlardan kelgan bir necha rivoyatlarni Ibn Moja, Abdurrazzoq, Ibn Abu Shayba va boshqalar rivoyat qilishgan. Yaziyd ibn Horundan, Hammod ibn Salamadan, Hofiyadan rivoyat qilinadi: «Sofiya binti Huyay roziyallohu anhoni ko‘rdim. Imom jumaga chiqishidan oldin to‘rt rak’at o‘qidilar. Keyin imom bilan ikki rak’at juma o‘qidilar» (Ibn Sa’d, Zayla’iy va Ibn Hajar rivoyat qilishgan). (“Ixtloflar sabablar echimlar” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar