Go‘zallik salonini ijaraga berish

Assalomu alaykum! Bir tanishim go‘zallik salonini ijaraga olib u erga ishchi ayollarni qo‘ygan. Malumki u erda shariatimizda ruhsat berilmagan ayollarning qoshini terish kiprik ulash va boshqa shu kabi ishlar amalga oshiriladi. Bu erda ishlovchi ayollar har oyda kelishuvga asosan belgilangan pulni shu tanishimga berishadi. U esa bu puldan soliqlarni to‘laydi va bundan ortgani unga foyda bo‘lib qoladi. Savolim uni bu topayotgan puli halol bo‘ladimi yoki shariatimizda qaytarilgan ishlar qilinayotgani uchun gunohiga sherik bo‘lib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatda nojoiz bo‘lgan ishga ijaraga berish o‘sha ishga tenma teng sherik bo‘lish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 165 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar