Qanday yo‘l tutsalar, shar’an to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladilar?
Assalomu alaykum! Qilayotgan xayrli ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin va ularni O‘zi bardavom qilsin! Meni savolim quyidagicha: Meni do‘dam maktabda mehnat fanidan dars beradila. Etishlaricha, bahor oylarida bir sinf o‘g‘il bolalariga dars berib o‘tirganlarida, direktor va tekshiruvchi kirib, bir bolani smatfonini olib qo‘yibdi va do‘damni stollari tortmasiga solib qo‘yibdi. O‘shandan beri o‘sha bola o‘z smartfonini so‘rab kelmabdi. Do‘dam sinflarga e’lon qilibdilar. Shunday bo‘lsada baribir o‘z egasi kelmabdi. Shu bo‘yicha yangi o‘quv yili boshlanibdi. Endi do‘dam o‘sha telefonni nima qilsalar bo‘ladi? Albatta u do‘dam bo‘ynilaridagi omonatku! O‘zlari bo‘lsa, uni sotib, "puliga buzilib qolgan stanok bor, o‘shani tuzattiraman, maktab uchun ishlatilsa savob bo‘ladi" deyaptilar. Endi do‘dam qilmoqchi bo‘lgan ishlarini ikkimchi tarafi ham bor. Ya’ni do‘dam ba’zida o‘quvchilarga shu stanokda ishlashlari uchun o‘z yog‘ochlaridan sotardilar. Ular smarfonni sotib pulini shu tarzda stanok uchun ishlatishlari to‘g‘rimi? Umuman, qanday yo‘l tutsalar, shar’an to‘g‘ri ish qilgan bo‘ladilar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har qanday holatda ham o‘z egasiga qaytarishi shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har qanday holatda ham o‘z egasiga qaytarishi shart. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat