Dovud alayhissalam ro‘zasi haqida

Assalamu alaykum shayh hazrat. Sizga Sahih al-Buhoriyda kelgan ikki hadis haqida savol bermoqchi edim. Abdulloh ibn Amr ibn al-Os raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamuzluksiz ro‘za tutmog‘imdan xabar topib, oldimga kirdilar. Men Janobga o‘tirmaklariuchun teridan qilingan, ichiga xurmo bargi to‘ldirilgan to‘shak soldim, ul kishi ungao‘tirmay erga o‘tirdilar, to‘shak ersa, ikkimizning o‘rtamizda qoldi. So‘ng, Janob:«Senga har oyda uch kun ro‘za tutmak kifoya qilmag‘aydirmi?»- deb so‘radilar. Men:«Yo Rasululloh, bu ozdir»,- dedim. «Bo‘lmasa, besh kun»,- dedilar. Men: «Bu ozdir»,-dedim. «Ul kishi: «Etti kun»,- dedilar. Men: «Bu ham ozdir»,-dedim. Janob: «To‘qqizkun»,- dedilar. «Bu ham oz»,- dedim. Ul kishi: «O’n bir kun»,- dedilar. Men buni hamoz, dedim. Shunda ul kishi: «Dovud alayhissalomning ro‘zalaridan afzal ro‘za yo‘qdir, ulyarim umrga tengdir, bir kun ro‘za tutg‘il, bir kun og‘zing ochiq bo‘lsin» ,— dedilar». Hazrat, shu hadisga muvofiq kunora ro‘za tutsam ba‘zi bir haftada Jum‘a kuni ro‘za tutishga to‘gri kelyapti, agar Jum‘a kuni ro‘za tutsam yana bir hadisga zid amal qilgan bo‘lyapman. Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Men Nabiy sallallohu alayhi va sallamning, hech qaysibiringiz jum’a kuni (nafl) ro‘za tutmangiz, agar tutadirgan bo‘lsangiz, jum’adan oldingibir kunni yokim jum’adan keyingi bir kunni qo‘shib tutingiz, deganlarini eshitganman»,-deydilar. Bunday vaqtda Jum‘a kuni nafl ro‘zasini tutishlik joizmi yoki yoiz emasmi?(Din yo‘lida qilayotgan hizmatlaringizni Alloh qabul qilsin!)
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juma kunini ayirib, o‘zida nafl ro‘za tutish mumkin emas. boshqa ro‘zani tutayotganda jumaga to‘g‘ri kelib qolsa, bo‘laveradi.

27 May 2022, 01:21 | Savol-javoblar | 141 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar