Namoz vaqtlari va qunut duosi o‘rniga Robbana deyish

Assalomu alaykum! 1. Man namoz vaqtlarini bilmoqchiydim. Masalan peshin hozirgi kunda 12:17da kiryapti. Asr bilan vaqt oralig‘ida qancha vaqtgacha o‘qib olishim kerak. Asr vaqtini shomgachi? Keyingi namoz vaqt kirgancha o‘qishim kerakmi. 2). Vitr namozida qunut duosini kitobga qarab o‘qiyman. Yodlaganimcha "robbana atina" duosini o‘qisam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Peshinni asr vaqti kirguncha asrni esa shom vaqti kirguncha o‘qib olsangiz bo‘ldi. 2). Qunut duosi bor yo‘g‘i 8-9 qator xolos. Har kuni uchtadan so‘zini yodlasa(bu qiyin emas) va o‘sha yodlagan so‘zini shu kungi vitr namozida o‘qisa, ertasiga yana atiga uch dona so‘zni yodlasa uni ham o‘sha kungi vitrda kechagiga qo‘shib o‘qisa, shunday qilsa uzog‘i bilan 5-6 kunda qunut duosini hammasini yodlab oladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:35 | Savol-javoblar | 175 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar