Oylikdan qarz

Assalomu alaykum! Men bir katta ishxonada ishlayman. Oylik maosh kelgan kunlarimiz soatlariga qarab hisoblanadi. Ba’zi kunlarda qaysidir sabab bilan ishga kelolmaydigan kunlar bo‘ladi. Oylik hisoblovchi bo‘limga "bu kunda kelmagandim, hisobdan ayirib qo‘y" deya olmaymiz. Savol: 1) shunday hollarda, kelmagan kunlarimiz pulini ishga kelib, kelgan kuniga oylik hisoblanmagan xodim hisobiga o‘tkazib berishimiz mumkinmi? oylikni ishxona hisobiga qaytara olmaymiz. 2) Ishxonada shaxsiy telefondan foydalana olmaymiz. Kompyuterlarga telegram o‘rnatib berilgan. Internet ishxona uchun cheklanmagan. Telegramda qo‘shiq, video, rasm, audio ma’ruza yuklasak, internetdan xabar va shunga o‘xshash o‘zimizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olsak, davlat haqqini egan bo‘lmaymizmi? Ishda ma’lum vaqtgacha o‘tirishimiz shart, lekin bo‘sh vaqt ham etarlicha.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ortiqcha ishlab kelmagan kuningizni ham soatini to‘ldirib qo‘yish imkoniyati bor. 2). Bilmadik. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:23 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar