Russiya-invest degan saytga pul tikish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozir Rossiyada qorovul bo‘lib ishlayman. Imkon qadar oilamni xalol luqma bilan boqishga xarakat qilyapman. Men 2ta savolim bor. 1. Men yaqinda russiya-invest degan saytdan ro‘yxatdan o‘tdim va u erga 450 rubl pul qo‘ydim va ular menga 25% bonus qo‘shib berishdi. Bu puldan 2 ta kassa sotib oldim (81 rubldan) va qolgan 400-500 rubl atrofidagi pulni o‘sha kassalarga qo‘ydim. Meni bu pullarim kamaymaydi. Xar kun menga savdoga qarab 1-1,5 rubl pul berishadi. Agar xalol bo‘lsa men ko‘proq pul qo‘ymoqchi edim. 2). Bitkoin xaromligini bilaman. Shu sabab Oldi sotdida qatnashmayman. Men Bitqoin Mainer degan programma ishlatyapman. Xar 5-10-15-20 munutda reklama keladi o‘shanga qarab qo‘ysam bo‘ldi. Shu pullar xalolmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Buni qarzga berib ustama olish deyiladi. Bu shar’an harom. Siz nojoiz narsani reklamasiga yordam berganingiz uchun olasiz. 2). Bu ham joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:23 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom