Bolalarni yoshligidan to‘g‘ri tarbiyalash
Assalomu alaykum! Bolalarni yoshligidan to‘g‘ri tarbiyalash uchun nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo bolani tarbiyalay oladigan dindor ayolni tanlash kerak. Bir shaharning qozisi qizini turmushga chiqarayotib ma’jusiy qo‘shnisiga maslahat solgan ekan. Ma’jusiy xayron bo‘lib, “Bu kabi masalalarni o‘zingiz mendan yaxshi tushunasizku, nega mendan so‘rayapsiz” deganida, “Hikmat mo‘minning yo‘qotgan narsasidir. Qaerda va kimda topsa uni olishga haqlidir. Sizda ham albatta bir hikmat bor, shundan foydalanishni xohladim” degan. Ma’jusiy “Bizning podshohlarimiz kisrolar qiz berish va qiz olishda boylikka e’tibor qaratishgan. Rum podshohlari esa chiroyga e’tibor qaratishgan. Arablar esa nasl nasabga. Siz esa payg‘ambaringiz nimaga e’tibor qaratgan bo‘lsalar shunga amal qiling” degan ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suratidan ko‘ra ham, siyrati go‘zallarini tanlashni buyurganlar. Bolani go‘zal holda tarbiyalamoqchi bo‘lsangiz onasini tarbiya qilishga qattiq e’tibor bering. Solihalar safiga qo‘shing, ko‘proq Qur’on o‘qisin, chunki bolaning eng birinchi madrasasi onaning quchog‘i bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 176 | Bola tarbiyasi