Qur’on va istig‘for duolar

Assalomu alaykum! Bir savolga bergan javoblaringizdan to‘g‘risi ikkilanib koldim, ya’ni mazmuni Qur’onni faqat arabcha yozuvdan o‘rganish kerakligi. Duo, istig‘for va yodlagan suralarimizni o‘qimaylikmi yoki o‘qiylikmi? Namozimiz shubha bo‘ladimi? Chunki xammasini krill alifbosida o‘rganganmiz. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tuzatishga harakat qiling. Inson bolasi qiziq, chala qilyapsiz to‘g‘rilang desa, mukammal qilish o‘rniga, shaytonni gapiga kirib butunlay tashlab qo‘yadi. Qilgan ish xatoligini oxiratda biladi. Tuzatguningizcha o‘qib turavering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:12 | Savol-javoblar | 177 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar