"Qo‘ydim seni", "endi boshing ochiq kimga tegsang teg", "bo‘shsan" degan gaplar bilan taloq tushadimi?

Assalomu alaykum! Avvalo bizlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib borayotgan siz hurmatli insonlarga Alloh ajringizni bersin. Savol berishdan avval qidiruv bo‘limidan ko‘p bora taloq masalasi bo‘yicha ma’lumotlar oldim. Ammo o‘zimni muammoimni hal qilolmayapman. Iltimosimni erda qoldirmaysiz degan umiddaman. Turmush o‘rtog‘im bilan o‘rtamizda bo‘lib o‘tgan kelishmovchiliklarda ilmlari oz bo‘lganliklari sababli og‘izlariga kelgan gapni qaytarmasdan ko‘p bora "Qo‘ydim seni", "endi boshing ochiq kimga tegsang teg", "bo‘shsan" deb aytganlar. Bu so‘zlar ketma ket aytilaverilgandan so‘ng va bu so‘zlar taloq hukmiga o‘tishini bilganimdan so‘ng idda saqladim. Ho‘jayinim iddani o‘rtasida ham yana "qo‘ydim seni ket" deb katta janjal bilan uydan haydadilar. Idda muddatim tugagandan so‘ng ham "sen menga haromsan. Bundan keyin sen bilan yashasam harom bo‘lsin"deb ketma ket aytdilar. Hozir ba’zi imomar sizlarga 3 marta qo‘ydim degan bo‘lsa man nikoh o‘qimiman desa, boshqa biri 3 taloq tushmagan deb aytishyapti. Shayx Hazratlarining fatvolariga ko‘ra menga 3 taloq tushib bo‘lgan deb o‘ylayapman. Hamma har xil fikr bildirganiga arosatda qoldim. Iltimos bu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Javobingizni intizorlik bilan kutaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yozganlaringizga ko‘ra sizga uch taloq tushib bo‘lgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:25 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar