Badrdagi duo

Assalomu alaykum! Badr jangida Rosululloh sollallohu alayhi vasallam  “Allohim agar bugun ushbu jamoa halok bo‘lsa, er yuzida Senga ibodat qiladigan odam qolmaydi” dedilar. Meni tushunmagan joyim “urush uchun emas Qurayshning karvoni uchun chiqishdi” deb urushga bormay Madinada qolgan sahobalar bor ediku. Iltimos tushunishga yordam bering. Alloh oxirimizni xayrlik qilsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عمر بن الخطاب قال : لما كان يوم بدر استقبل النبي صلى الله عليه وسلم القبلة ثم مد يده ثم قال : اللهم أنجز لي ما وعدتني ، اللهم ائتني ما وعدتني ، اللهم إنك إن تهلك هذه العصابة من أهل الإسلام فلا تعبد في الأرض أبدا ، فما زال يستغيث ربه ويدعو حتى سقط رداؤه ، فأنزل الله عز وجل : إذ تستغيثون ربكم فاستجاب لكم أني ممدكم بألف من الملائكة مردفين .
Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Badr kuni bo‘lganida Nabiy sollallohu alayhi vasallam qiblaga yuzlanib qo‘llarini cho‘zdilar, so‘ng «Allohim menga bergan va’dangni ro‘yobga chiqargin. Allohim va’da qilgan narsangni bergin. Allohim agar bugun ushbu jamoa halok bo‘lsa, abadiy er yuzida Senga ibodat qilinmaydi» deb duo qildilar. U zot robbisiga yolvorib duo qilishdan to‘xtamadilar. Hattoki egnilaridagi choponlari ham tushib ketdi. Shunda Alloh taolo :
إِذْ تَسْتَغِيثُونَ رَبَّكُمْ فَاسْتَجَابَ لَكُمْ أَنِّي مُمِدُّكُم بِأَلْفٍ مِّنَ الْمَلَائِكَةِ مُرْدِفِينَ”

O‘shanda Robbingizdan yordam so‘rar ekansiz, U: «Albatta, Men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman», – deya ijobat qildi. (“Tafsiri Hilol”. “Anfol” surasi 9-oyat) Imom Muslim rivoyati.
O‘sha paytda musulmonlar soni ko‘pchilikni tashkil qilmas edi. Asosiy bosh ketsa qolganlarini halok qilish hech gap emasdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam u gapni shu nuqtai nazardan aytganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:06 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar