Kalpesa

Assalomu alaykum! Ustozlar, tog‘am oshpazlar. Bir kuni sho‘rva pishirib, odamlarga suzib beribdilar. Keyin qarasalar sho‘rvaning ichida kalpesa(kaltakesak) bor ekan. U butun erimagan holda turganini keyin bilib qolibdilar. Darxol sho‘rvani ichidan kalpesani olib tashlab, sho‘rvani qolganini odamlarga bermay to‘kib tashlabdilar. Buning hukmi qanday? Sho‘rva halol edimi yoki harom bo‘lganmidi? Bu holatda tog‘am gunohkor bo‘lmadilarmi? Shunga oydinlik kiritib bersangizlar. Javobingizni umidvorlik bilan kutamiz. Katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sho‘rva halol edi. Oqar qoni yo‘q hayvonlar pashsha, chigirtka va kapalak kabi hayvonlardir. Ular suvdan boshqa taom, sirka kabi narsalarga tushib qolsa ham ularni najosat qilmaydi. عَنْ سَلْمَانَ: قَالَ لَهُ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم: يَا سَلْمَانُ، كُلُّ طَعَامٍ وَشَرَابٍ وَقَعَتْ فِيهِ دَابَّةٌ لَيْسَ لَهَا دَمٌ سَائِلٌ فَمَاتَتْ فِيهِ فَهُوَ حَلَالٌ أَكْلُهُ وَشُرْبُهُ وَوُضُوؤُهُ . رَوَاهُ الدَّارَقُطْنِيُّ Salmondan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey Salmon! Har bir taom yoki sharobga qoni yo‘q jonzot tushib, unda o‘lib qolsa, uni eyish, ichish, (ular tushib qolgan suvdan) tahorat qilish haloldir», dedilar». Imom Dora Qutniy rivoyat qilgan.("Kifoya" kitobidan). Kaltakesak qoni yo‘q jonzotlar qatoriga kiradi. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/toharat-poklik/368-ta-oratga-oid-savol-zhavoblar  

2 May 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 166 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar