Halolmi yoki yo‘q?

Assalomu alaykum! Onam yaqinda nafaqaga chiqadilar. Nafaqa summasi so‘nggi 10yillik davomidagi ish xaqidan kelib chiqib xisoblanadi. O‘rtacha nafaqa miqdori qancha chiqishini bilish uchun arxivdan 10yillik maoshlar tarixini yuklatib olgan edilar. Bu yillar mobaynida 3-5mln. atrofida oylik maoshlari plastik kartalariga tushirib berilgan. Lekin hujjatlarda 5yil davomida har oy uchun onamning nomlariga 10-20mln. atrofida oylik maosh belgilangan. Nega bundayligini va kim tomonidan qilinganligini onam ham bilmaydilar. Bu davr oralig‘ida korxonada bir nechta boshliq almashgan. Savolim shuki: bu summadan onamga nafaqa xisoblansa onam uchun halol bo‘ladimi? Qayday yo‘l tutishni maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan qaydlar bo‘lsa to‘g‘irlatishi shart. Aks holda o‘sha uchun oladigani halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

28 Oktabr 2023, 13:48 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar