Onaning vafotidan keyin otani uylanishi

Assalomu alaykum! Ona vafot etsa ota uylanishga majburmi yoki uylanmasa xam bo‘laveradmi 2). Ota 2-xotinga uylansa vafot etgan ona qabrda yonadi deb eshitganman. Shu qanchalik to‘g‘ri? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Alloh taolo “Nur” surasida marhamat qiladi:  وَأَنكِحُوا الْأَيَامَى مِنكُمْ وَالصَّالِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَائِكُمْ إِن يَكُونُوا فُقَرَاء يُغْنِهِمُ اللَّهُ مِن فَضْلِهِ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ۝ 32. Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying. Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlidan boy qilur. Alloh qamrovi kengdir, o‘ta biluvchidir.
Ota uylanaman desa unga qarshi chiqish ochiq-oydin otaga oq bo‘lish hisoblanadi.
2). Safsata va ochiqchasiga dinga tuhmat. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar