Erdan alohida uy talab qilish
Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning "BAXTIYoR OILA" kitoblarini o‘qigan edim. Unda aytilishicha uylanayotgan erkak qizga yani bo‘lajak hotiniga er ahlidan boshqa uyga joy qilib berishi vojib magar ayol rozi bo‘lsa erni ahli bilan yashasa bo‘ladi deb yozilgan. Man buni agar man turmushga chiqsam erimga manga boshqa joydan uy olib bering agar puliz uyga etmasa kvartirada turaman, bu narsani man sizdan talab qilsam bo‘ladi. Chunki bu sizga vojib deb tushundim. To‘g‘ri tushundimmi? 2). Shu narsani talab qilsam bo‘ladimi? 3). Agar talab qilishga haqqim bo‘lsa to‘ydan keyin shu haqida xabar topib keyin talab qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri tushunibsiz. 2). Bitta hovlidan bitta alohida hech kim kirmaydigan xonani ajratib berilsa, oshxona va tahoratxonani ham alohida qilib berilsa zimmasidagini ado qilgan bo‘ladi. 3). Eringizni holatiga qarab muomala qiling. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 142 | Ayollarga oid masalalar