Ogohlantirish berish kerakmikin
Assalomu alaykum! Xalq orasida Solihon domla nomi bilan tanilgan qori aka bor. U kishi o‘tkir ma’ ro‘za qiladilar Alloh rozi bo‘lsin. Lekin mavzu, to‘qima hadis, manbasi yo‘q, sahih bo‘lmagan, ba’zida isroilyot talimotiga mansub gaplarni ko‘p aytyaptilar, bundan tashqari, rivoyat qilingan ba’zi hadislarda kelgan sahobalarni nomlarini adashtrib aytyaptilar, bu xatar ish emasmi? Ko‘pchilikni tanqidiga sabab bo‘lyapti. Sizlar shu masalada qori akaga ogohlantrish bersangiz yaxshi bo‘lardi. Ba’zi ma’ ro‘zalari judayam yaxshi Alloh rozi bo‘lsin, lekin noto‘g‘ri ma’lumotni to‘qima mavzularga odamlar ishonib qolishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu diniy idoraning vakolatiga kiradi. Biz u kishiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislarini aytishimiz mumkin: عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
Bilib turib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytmagan narsani u zotdan, deb gapirish shunchalar yomon narsaki, kim shu ishni qilsa, do‘zaxiy bo‘lishi turgan gap. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 May 2022, 22:57 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar