Qazo namozi bor odam hajga borishi

Assalomu alaykum! Telegram kanalidagi bir kanalda Farg‘onalik bir imom juma ma’ruzasida “bir maxal farz namozi qazo bo‘lgan odamni hajga borishi harom bo‘ladi” deb eshitib qoldim. Bu gap qanchalik to‘g‘ri? Qazo namozi bor odamni hajga borishi mumkinmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar u domla rostdan ham shu gapni aytgan bo‘lsa noto‘g‘ri gapiribdi. Siz xato eshitgan bo‘lishingiz ham mumkin. Unday gap yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:29 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar