Maoshdan tashqari pul olish

Assalomu alaykum! Mani bir savol qiynab keladi. Bir o‘zim adamlani do‘konlarida ishliman. Har oyda oyli olaman, undan tashqari yana kun ora kassani pulidan o‘zim uchun 20minglar atrofida pul oolib turaman. Buni adamlaga etmaganman. Shu ovotkan pullarim halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom hisoblanadi. Bildirmasdan olishingiz o‘g‘irlik hisoblanadi. Boshqa bunday qilmang. Olsangiz aytib oling. Otangizga qilgan ishlaringizni aytib, roziliklarini olib qo‘ying. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:46 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar