Pirlar madad qilsin yoki yigit pirim qo‘llasin deb duo qilish

Assalomu alaykum! Ba’zi odamlar va ota-ona farzandini duo qilayotganda, “pirlar madad qilsin” yoki “yigit pirim qo‘llasin” kabi shunga o‘xshash so‘zlar bilan duo qilishadi. Bu dinimizda mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday deyish mutlaqo notug‘ri va katta gunohlardan, agar madadni aynan ularga nisbat bersa shirk bo‘ladi. Payg‘ambardek zotlar Allohning madadini so‘ragan bo‘lsalar “Qo‘limdan hech kimga manfaat yoki zarar etkazish kelmaydi” deb turgan bo‘lsalar, tirikligida peshonasini sajdadan ko‘tarmasdan Allohdan ehtiyojlarini so‘ragan muhtoj bandadan madad so‘rash o‘ta axmoqlik hisoblanadi. Alloh taolo "Jin" surasida quyidagicha marhamat qiladi:
«Ey Muhammad! قُلْ إِنَّمَا أَدْعُو رَبِّي وَلَا أُشْرِكُ بِهِ أَحَدًا۝20. Sen: «Albatta, men faqat o‘z Robbimga iltijo qilurman va Unga hech kimni shirk keltirmasman», – deb ayt. قُلْ إِنِّي لَا أَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا رَشَدًا۝ 21. Sen: «Albatta, men sizlar uchun zararga ham, foydaga ham molik emasman», – deb ayt.
Ya’ni «Sizlarga zarar etkazishga qodir emasman va shuningdek, foyda etkazishga ham qodir emasman. Chunki zarar etkazuvchi ham, foyda etkazuvchi ham faqat Alloh taoloning yagona O‘zi. Shunday ekan, faqat Alloh taoloning O‘ziga iltijo qilish kerak». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 233 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar