Cho‘milmagan farzandga azon aytish

Assalomu alaykum! Yaqinda Alloh bizlarga qiz farzand nasib etdi. Qizimiz ikki oylik bo‘lyapti, lekin xali azon aytilmagan, chunki cho‘miltirishni iloji yo‘q. Tug‘ilgan vaqtidan boshlab Alloh ixtiyori bilan reanimatsiya bo‘limidan chiqmadi. Uning axvolida cho‘miltirishni iloji yo‘q. Allohga xamdlar bo‘lsin shifosini beryapti, yaqinda Alloh nasib etsa operatsiya qilinadi. Operatsiyani ko‘tara olmasligi xaqida aytishdi. Shuning uchun unga cho‘miltirmastan azon aytilsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aytsa bo‘ladi. Alloh huzuridan shifoi komil bersin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar