Xizmat uchun pul

Assalomu alaykum shayx xazratlari sizni ezgu maqsadlar yo‘lida qilayotgan o‘lkan ishlaringizda muvofaqiyatlar tilab quyidagi ichimni tirnaydigan masalana aytmoqchiman.uzoqroq biroq bizni oila uchun yaqin bo‘lgan Ammam yani buvimni akalarini qizlari Samarqandda turadigan singillarini qizlarini Toshkentga o‘qitishi uchun o‘ziga olib kelib maktabga joylashtir olmaganidan sung meng telefon qilib shuni joylashtirib quying jiyan evaziga 50$ dollar berman dedi. Shudan puldan sal qiynalganim uchun pulini olib jiyanlarini maktabga joylashtidi tanish bilish orqali. Biroq shu qizcha maktabni bitirib ketganiga xam man 2 yil bo‘lgan bo‘lsada ich etim tirnaladi sababi bu qizchani otasi yo‘q yarim etim. Shunga Ammamdan uzr so‘rab olgan pulimni qaytarib bersammi deb yuribman. Doimo etim bola yoki etim so‘zini eshitsam shu pul olgan jarayoni xayolimga kelaveradi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Agar qaytarsangiz, yana qo‘shimcha ham bersangiz yaxshi bo‘ladi.

6 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar