Asrdan oldingi namoz
Assalomu alaykum! Asr namozidan oldin 4 rakat namoz o‘qigan odamni Allah rahmati bo‘lishi hadisiga mazhabimizda nima deyilgan? O‘qishlik joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: رَحِمَ اللهُ امْرَأً صَلَّى قَبْلَ الْعَصْرِ أَرْبَعًا. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Asrdan oldin to‘rt rak’at namoz o‘qigan odamni Alloh rahm qilsin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Sharh: Nabiy sollallohu alayhi vasallamning gapirish ohanglarining o‘zi bu namozning ta’kidlanmagan, qo‘shimcha namoz ekanligini ko‘rsatib turibdi. Kim rag‘bat qilib, Asrdan oldingi to‘rt rak’at sunnatni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalari deb niyat qilib o‘qisa, savob oladi, Alloh taolo unga rahm qiladi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 15:22 | Savol-javoblar | 204 | Ibodatlar