Pul jo‘natish
Assalomu alaykum! Hurmatli Uztozlar, biz Rassiyadan O‘zbekistonga pul jo‘natib beruvchilar orqali pul jo‘natamiz. Meni doim bir savol qiynaydi shu jo‘natish masalasi bo‘yicha. Shuni sizlardan so‘rab olsam degan edim. Savolim : - Aytaylik, bugun Rossiya markaziy banki dollar kursini 60 rubl deb e’lon qildi. Bizga kurs maqul kelib qolsa perevodchikni chaqiramiz. U shu chiqqan yangi kursiga 40 kopeyka qo‘shib bizga 60.40 dan perevod qilib beradi. Bu erda uni 20-kopeyka rasxodi 20 kopeyka hizmati bo‘lyabdi. Shu asnoda biz 5 ming, 10 ming dollar pul jo‘natamiz. Bazida esa pul rosa kerak bo‘lib qolsa, qarzga olamiz va 2-3 kun ichida qarzimizni o‘sha olgan kunimizdagi kursimiz bo‘yicha yopib beramiz. Yana 2-varyanti qarzga pul oladigan bo‘lsak qarz beradigan kunimizdagi kursga qarab bizdan (o‘sha 40-50 kopeykasini qo‘shgan holatda) pulini oladi. Hurmatli, Ustozlar, aytinglarchi bizni qilayotgan ishimiz shariatimizga to‘g‘ri keladmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Pulni O‘zbekistonga etkazish bu etkazib beruvchini ijaraga olish hisoblanadi. Buning uchun u haq olishi joiz, u pulni o‘zining boshqa pullariga aralashtirib yuborsa zimmasiga to‘lash kerak bo‘lib qolgan qarz bo‘lib qoladi. Olgan miqdorichasini etkazib berish vojib bo‘ladi. Qaysi pulda qancha qarz olsangiz ayni o‘shanchasini qaytarishingiz zimmangizga vojib. Ustiga qo‘shib berishingiz ribo bo‘lib qoladi. Undan tavba qilish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:33 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat