Nikohsiz tug‘ilgan farzandlar
Assalomu alaykum! Bu savolni berishni onam iltimos kilganlar. Ota onam turmush qurgan paytlarida shariy nikoxdan o‘tishmagan ekanlar, o‘sha payt onamning qaynonalari nikoh o‘qitishlariga qarshi bo‘lib savob gunoxi mening bo‘ynimda degan ekanlar. Shundan keyin mana bizlar 4 ta o‘g‘il dunyoga keldik. Alxamdulilloh musulmonmiz, qo‘ldan kelgancha onamiz bilan aka-ukalarim bilan musulmonlarga buyurilgan farzlarni ado etib kelmokdamiz. 1). Endi biz nikohsiz tug‘ilgan farzandlar xisoblanamizmi? 2). Ota-onam xozir xam nikoxdan o‘tishlari kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). ZAGS paytidagi so‘zlarga qaraladi. O‘shanda bag‘ishladim qabul qildim kabi so‘zlarni ikki erkak yoki bir erkak ikki ayolning huzurida aytilgan bo‘lsa nikoh bog‘langan bo‘ladi. Ya’ni o‘zaro roziligini guvohlar oldidia e’lon qilgan bo‘lsa, nikoh bor deyiladi.2). Qalbi xotirjam bo‘lishi uchun nikoh o‘qitib olinsa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:33 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush