Ijara haqida
Assalomu alaykum! Sherigim bilan chet davlatdan tovarlar olib kelib sotish bilan shug‘ullanamiz va o‘sha olib kelgan tovarni mening do‘konimda sotamiz. Men do‘konimni shu ishimiz uchun sherigimga ijaraga berganman. Misol uchun bozorda xuddi meni do‘konimdek do‘konlar ijarasi 1.000.000 so‘m. Men shu do‘konimni sherigimga 800.000 so‘mga ijaraga berganman. Bu ijara pulini olib kelgan tovarimizdan qolgan foydasidan ishchilarga oyliklar va boshqa chiqimlar bilan birga hisoblab, 800.000 so‘m ijara pulini ham chiqimga chiqarib, qolgan foydani bo‘lishamiz. Va men har oy do‘konimdan 800.000 so‘m ijara puli olaman. Do‘konimni sheriklik pulga emas, o‘zimni mablag‘imga ijaraga berish niyatida sotib olganman. Agar meni bu do‘konim bo‘lmaganida olib kelayotgan tovarlarimizni sotish uchun begona odamdan ijaraga boshqa do‘kon olgan bo‘lardik. Lekin biz o‘zaro kelishib, meni do‘konimni ijaraga olganmiz. Do‘konimni shu tarzda ijaraga berganim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘z do‘koningizni o‘zingiz ijaraga olishingiz bo‘ladi. Shariatda ijaraning bunday turi yo‘q. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu o‘z do‘koningizni o‘zingiz ijaraga olishingiz bo‘ladi. Shariatda ijaraning bunday turi yo‘q. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar