Kilolab olib kilolab sotiladigan bay xaqida

Assalomu alaykum! Xazrat Muhammad Sodik Muhammad Yusuf xazratlarining qalamlariga mansub “Kifoya” kitobining ribo bobini o‘qib o‘z soxamiz xaqida bir savol paydo bo‘ldi. Ya’ni biz bruschatka qoliplarini qayta ishlash bilan shug‘ullanamiz. Maxsulotni (yani eski qoliplarni) olib kelgan kishidan torozuda tortib olamiz va ko‘p xollarda oldin kelgan maxsulotlarga qo‘shib yuboriladi. Undan so‘ng oldindan tayyorlab qo‘yilgan yangi maxsulotni bu mijozga berib qayta ishlash xizmati uchun malum miqdorda qo‘shimcha mablag‘ olamiz. Odatda mijozga olib kelgan kg ga etarli maxsulot beramiz. Savolim shundan iboratki ; Biz maxsulotni kg da olib yana kg da berib ustidan mablag‘ olishimiz durustmi? Yoki kg da olib berayotganda donaga yoki kv metrga bersak yaxshimi? Bu xakda bazi ilmli kishilardan so‘rasak bu narsa faqat taomlarda bo‘ladi, boshqa narsalarga aloqasi yo‘q deyishyapti. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ribo avvalo kiloli va litrli narsalarda bo‘ladi. Sizlarni mahsulotlaringiz ham kiloli bo‘ladigan bo‘lsa unda ham ribo bo‘ladi. Ribo faqat taomga tegishli emas. Temir-tersak kabi kilolab yoki litrlab o‘lchab oladigan barcha narsalarga tegishli. Qaytarib olib kelinganlarini alohida pulga sotib olinglar, so‘ng o‘sha puliga yangi mahsulot beraverasizlar. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 06:14 | Savol-javoblar | 170 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar