Fojea haqida fikr?
Assalomu alaykum! Yaqinda bir yaqin do‘stimiz xususiy korxonasining binosida texnologik ishlab chiqarish jarayoni buzilishi oqibatida kelib chiqqan yong‘in falokati tufayli olamdan o‘tdi. Alloh rahmatigan olgan bo‘lsin! Juda yaxshi inson edi. Shu inson uchun oxirati obod bo‘lishliligini birgalikda Yaratganimizdan duo aylab tilagan xolda murojaat etmoqdaman. Mazkur mudxish voqeadan keyin insonchilik ekan ayrim «ozchilik» qism odamlar xar xil fikrlar bildirishdi, ya’ni mazkur olamdan o‘tgan insonni tanigan-tanimagan odamlar xam fojeali voqedan so‘ng bir birlariga marxum haqida qanaqa inson edi, zakoti, exsoni joyida edimi… degan gaplar bilan birgalikda… va shu kabi u inson haqida ko‘pchilik odamlarning ijobiy fikrlaridan tashqari «ozchilik davra» vakillari o‘lim mudxish yong‘in falokati sababli bo‘lganligi tufayli salbiy fikrlar xam bildirishganlari bo‘ldi… Ya’niki voqea oqibati marxum do‘stimizning molu-mulki bilan birgalikda asosiysi joni uzilishi xalokatiga xam olib kelganligi sababli xar xil fikrlar bildirganlar bo‘ldi. Lekin olamdan o‘tgan marxum do‘stimiz xaqida men va boshqa do‘stlarimizning xam bilgan aniq fikr ta’surotlari shu ediki, u inson e’tiqodli, namozda qoyim, xushmuomila, qo‘lidan kelganicha yaqinlariga va do‘stlariga yordam qilgan, ota-onasi duolarini olgan juda-juda yaxshi inson edi. Murojaat etishimga sabab shuki, ilm, fikrlash darajasi xar xil bo‘lgan odamlar o‘zlari bilgan-bilmagan xolda fojea oqibati haqida noto‘g‘ri fikrlar bildirishlari, marxumni amali solix inson bo‘lganligini bilganimiz uchun xam qattiq ta’sir qildi.
Allohga omonat jonimiz taqdirotga bitilgan yakun tufayli qay tarzda topshirilishidan tashqari asosiysi Yaratganning xuzurida yuqori darojotlarda bo‘lish xam nasib etishi mumkinku!
Yuqorida aytilgan xolatdan kelib chiqib, Yaratganga bo‘lgan omonatimizni topshirilish yakuni qay tarzda bo‘lishidan qat’iy nazar bu taqdirot ekanligini, Allohning xoxishi ekanligini, marxumni esa Alloh taoloni nazdida qay darojotlarda ekanligini bilmagan xolda insonlarning bilib bilmay keskin salbiy fikrlar almashishlari aytib o‘tilgan qo‘shtirnoq ichidagi odamlar o‘zlari uchun gunox yoki mas’uliyat orttirib olishmayabtimi? Xolat yuzasidan tegishli fikrlar bildirishlaringiz xammaga va ayniqsa ayrim noto‘g‘ri fikr yurituvchilarga tegishli saboq bo‘ladi degan umiddaman. Ilmlaringizni Alloh ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har kim og‘ziga kelgan narsani gapiraverishi va bilmasdan guvohlik beraverish kerak emas. Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَقْفُ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ إِنَّ السَّمْعَ وَالْبَصَرَ وَالْفُؤَادَ كُلُّ أُولئِكَ كَانَ عَنْهُ مَسْؤُولاً 36. O‘zing bilmagan narsaga ergashma! Albatta, quloq, ko‘z va dil – ana o‘shalarning barchasi so‘ralajak narsalardir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَيْنَمَا رَجُلٌ يَمْشِي بِطَرِيقٍ وَجَدَ غُصْنَ شَوْكٍ عَلَى الطَّرِيقِ فَأَخَّرَهُ، فَشَكَرَ اللهُ لَهُ فَغَفَرَ لَهُ، ثُمَّ قَالَ: الشُّهَدَاءُ خَمْسٌ: الْمَطْعُونُ، وَالْمَبْطُونُ، وَالْغَرِيقُ، وَصَاحِبُ الْهَدْمِ، وَالشَّهِيدُ فِي سَبِيلِ اللهِ، وَقَالَ: لَوْ يَعْلَمُ النَّاسُ مَا فِي النِّدَاءِ وَالصَّفِّ الْأَوَّلِ ثُمَّ لَمْ يَجِدُوا إِلَّا أَنْ يَسْتَهِمُوا عَلَيْهِ لَاسْتَهَمُوا، وَلَوْ يَعْلَمُونَ مَا فِي التَّهْجِيرِ لَاسْتَبَقُوا إِلَيْهِ، وَلَوْ يَعْلَمُونَ مَا فِي الْعَتَمَةِ وَالصُّبْحِ لَأَتَوْهُمَا وَلَوْ حَبْوًا. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا أَبَا دَاوُدَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bir odam yo‘lda yurib ketayotib, tikanli shoxni ko‘rib qolibdi va uni yo‘ldan olib tashlabdi. Bas, Alloh unga shukr aytibdi va uni mag‘firat qilibdi», dedilar. So‘ngra u zot: «Shahidlar beshtadir: vaboda o‘lgan, qorin kasalligi bilan o‘lgan, suvga g‘arq bo‘lib o‘lgan, qulagan narsaning ostida qolib o‘lgan va Allohning yo‘lida shahid bo‘lganlar», dedilar. Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan. Sharh: Ushbu hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam odamlarni bir necha fazilatli, savobli ishlarga targ‘ib qilmoqdalar: 1. Yo‘ldagi ko‘pchilikka ozor beradigan narsani olib tashlash. Bu masalani iymonning sho‘’balarini o‘rganish faslida batafsil ko‘rib chiqqanmiz. Hadisi sharif o‘tgan ummatlardan bir kishi yo‘lda yotgan tikanli shoxni olib tashlab, yo‘lovchilarni ozordan saqlaganligi uchun Alloh unga O‘z rahmatini yuborib, gunohlarini mag‘firat qilganligi haqidagi rivoyat bilan boshlanmoqda. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu bilan, agar siz ham shu narsani qilsangiz, o‘sha darajaga erishasiz, demoqchilar. 2. «Shahidlar beshtadir»: a) «Vaboda o‘lgan». Bir yurtga vabo tarqalsa-yu, u erdagi odam Islomda vabo tarqalgan joydan boshqa joyga chiqib bo‘lmaydi, deb o‘sha erda sabr qilib turib, o‘lsa, shahid bo‘ladi. Chunki u odam dinimiz hukmiga amal qildi va vaboning boshqa tomonlarga tarqalmasligi uchun hissa qo‘shdi. b) «Qorin kasalligi bilan o‘lgan». Bu ham o‘limning kishi afsus qiladigan darajadagi bir turidir. Xususan, o‘sha vaqtlarda bu dardga nisbatan alohida e’tibor bilan qaralgan bo‘lishi mumkin. v) «Suvga g‘arq bo‘lib o‘lgan». Bu ham to‘satdan va fojiali ravishda keladigan o‘lim ekanligi hammaga ma’lum. Shuning uchun ham bunday o‘lim topgan odam shahid hukmida bo‘ladi. g) «Qulagan narsaning ostida qolib o‘lgan». O‘sha vaqtlarda yiqilgan devorning ostida qolib o‘lish holatlari ko‘p bo‘lgan. Bu o‘lim ham cho‘kib o‘lish kabi to‘satdan va fojiali bo‘lganligi uchun bunday o‘lim topgan odamga ham shahidlik hukmi berilgan. d) «Allohning yo‘lida shahid bo‘lganlar». Bular dushmanlarga qarshi Islom yo‘lidagi jangda halok bo‘lgan kishilardir. Haqiqiy shahidlar shular ekanligi hammaga ma’lum. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 03:41 | Savol-javoblar | 157 | Ta’lim va muta’allim