Homilador ayolga taloq tushmaymidi?

Assalomu alaykum! Erim telefon orqali uch marta taloq qo‘ydim deb javobimni bergan va ertasi kuni afsuslanib kechirim so‘ragan. Men esa homilador edim va bu xolatni oilamizdagi yoshi katta buvimizdan so‘raganimda, sen xomiladorsan senga taloq tushmaydi dedi. Shundan keyin men indamay yuraverdim. Lekin oxirgi vaqtlar baribir ko‘nlim bo‘lmayapti. Menga taloq tushganmi? Tushgan bo‘lsa endi qanday yo‘l tutay? Iltimos ismim sir tutilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uch marta taloq qo‘ydim deyish bilan oraga uch taloq tushadi. Homilador bo‘ladimi yoki boshqami buni hech qanday farqi yo‘q, baribir tushadi. Alohida yashashingiz shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:38 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar