Ramazonda vasvasa
Assalomu alaykum! Ramazon oyida odam vasvasa bo‘lishi mumkinmi? Menga shunaqa o‘y fikrlar kelyaptiki qo‘rqib ketyapman. Bu hayollardan keyin tushkunlikka tushib qolyapman shaytonlar kishanlanganku deb, chunki aynan namozda xushu qilaman desam shunday bo‘lyapti. Bu holatni aytishdan ko‘ra boshimga osmon qulagani afzal.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz e’tibor bermangda. Hozirgi insonlarni tabiati buzilgan, janjallashishni yaxshi ko‘radi. Mabodo qulog‘iga bir gap tushsa men haqimda aytildimikan deb urishishgacha boradi. Go‘yoki janjalni pulga sotib oladi. Shu tabiati shayton bilan vasvasasiga ham o‘tgan. Odam topolmaganda shayton bilan urishib o‘tiradigan bo‘lib qolgan. Sahobiylardan birlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib “Mushriklar sizni muzammam deb haqoratlashmoqda” deganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Ular muzammamni yomonlashmoqda ekan, mening ismim Muhammad” deganlar. Hazrati Umar roziyallohu anhu bozordan chiqib ketayotib bir kishini turtib yuboradilar. Shunda u kishi “Eshakmisan” deb haqoratlaganida “Yo‘q, mening ismim Umar” deb javob bergan va indamay ketavergan ekanlar. Biz ham shu sunnatni joriy qilishimiz kerak. Shayton vasvasa qilib har xil xayollarni olib kelsa “A’uzu billaahi minash shaytoonirrojiim” deb parvo qilmay ketaverish kerak. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 169 | Ibodatlar