Shu xadis sahihmi?

Assalomu alaykum! Alloh ishlaringizga rivoj bersin va sizlarga rahmat aytib qolaman. Mening savolim qiz farzand haqida. Ingliz tilidagi saytdan bir hadis o‘qib qoldim. Hadisda aytilishicha: Omadli ayol bu birinchi farzandi qiz bo‘lgan ayoldir deyilgan ekan. Va shu hadis yuzasidan savol berishganda bir qancha misollar keltirib hadis sahih deyishgan ekan va qo‘shimcha sifatida: «Bu degani birinchi farzandi o‘g‘il bo‘lgan ayol omadsiz degani emas» deb izoh qoldirishibdi. Shu hadis sahihmi? Bu hadisni o‘sha saytdagilar misollar keltirib hadis sahih deyilgan ekan. Oldindan javobingiz uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu hadis bor, lekin u hadisning arabcha matnida “Omadsiz yoki omadli” degan so‘zlar yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:52 | Savol-javoblar | 178 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar