Jannatning tuprog‘i

Assalomu alaykum! Yahudiylar bilan bo‘lgan tortishuvda ular Nabiyga do‘zaxni qo‘riqchilari nechta deb savol beradi, javobni tezda olib keyin Nabiyni o‘zi ularga shu savolni beradilar, ular mum tishlab qolishadi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam jannatning tuprog‘i oliy navli bug‘doydan bo‘lishini bildirgan bo‘ladilar. Shu xadis sahihmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadislarda jannatning tuprog‘i haqida har xil xabarlar kelgan. Ba’zilarida oppoq un, za’faron, mushki anbar bo‘ladi deyilgan. Bu degani hidi-xushbo‘yligi mushki anbar, muloyimligi elangan oliy navli un kabi, rangi za’faron kabi go‘zaldir. Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 144 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar