Rasmli kiyimda namoz o‘qigan odamning orqasida namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Masjidda namoz o‘qigani kirsak ba’zi odamlar rasmi bor kiyimda namoz o‘qishadi. O‘zlariga aytsek foydasi bo‘lmayapti. Bugun bittasi kiysa ertaga boshqasi kiyib kiryapti. Mana xozir xam juma namoziga kirdik, atrofimizda shunaka kiyimda 5-6 ta odam o‘tiribdi. Ularni oldida namoz o‘qisak biz o‘qigan namozga ta’siri bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta ta’siri bor. Oldidagi kishining kiyimda jonzotning rasmi bo‘lib orqasida namoz o‘qish makruhi tahrimiy. Masjid, imomlarning ish joyi va faoliyat yuritadigan hududi hisoblanadi. Ular tinmay shu kabi masalalarni takrorlab turishlari shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 190 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar