Salla va milliy do‘ppilardagi kleylar haqida

Assalomu alaykum! Ma’lumki libos pokligi namozni tashqi shartlaridan hisoblanadi, ayrimlar menga milliy do‘ppi (chust do‘ppi)larga yoki shu kabi boshqa do‘ppilarga va imomlar kiyadigan sallalarni do‘ppilariga ham do‘ppi qattiq bo‘lishi uchun kley ishlatiladi demoqda, ushbu kleylarni namozga to‘siqlik jihati yo‘qmi? Men ham ba’zida milliy do‘ppilarda yoki sallada namoz o‘qiyman, shubhalanib qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kley pok narsadan tayyorlangan bo‘lsa hech qanday karohiyat yo‘q. Agar najas narsadan tayyorlangan bo‘lsa u bilan namoz o‘qib bo‘lmaydi. Bizga ma’lum bo‘lishicha ba’zi kleylar teridan tayyorlanar ekan. O‘sha teri shar’iy yo‘l bilan so‘yilgan hayvonning terisi yoki oshlangan teri bo‘lsa undan olingan kley ham pokdir. Vallohu a’lam!

14 Iyul 2022, 15:34 | Savol-javoblar | 203 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar