Sotishga vakil
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizga barokat bersin. Meni bir tanishim oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqaradi va shahardagi do‘konlarga tarqatadi. Shu mahsulotni manga ham tarqatishni maslahat berdi. Men mahsulot ustiga narx qo‘yib tarqataman. Bunga o‘zi rozi, faqat meni mablag‘im yo‘qligi uchun men unga pulni sotib bo‘lganimdan keyin beraman. Savolim shuki: men bu ishdan ko‘rayotgan foydam halolmi? Men bu mahsulotni ba’zi bir joylarga do‘konlarda sotiladigan narxlarda, masalan magazinlarga 1.500 so‘m bersa ularga 2.000 so‘m beraman. Shu ishim to‘g‘rimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu erda ikki narsa bo‘lib, biri nasiyaga olib sotish, ikkinchisi o‘sha insonga sotib berish uchun ishlash. Agar nasiyaga olib sotsangiz, sotilmay qolsa yoki talofatga uchrasa ham qaytarib bermay qiymatini to‘lashingiz vojib bo‘ladi. Bunda xohlagan narxingizga sotishingiz mumkin. Noinsoflik qilmasangiz bo‘ldi. Ikkinchi suratda sotuvchi hisoblanib, sotib berganingiz uchun xizmat haqingizni tayin qilib olishingiz kerak. Masalan, har bir sotgan dona evaziga faloncha so‘mdan olaman – deb. Bunday suratda u belgilab bergan narxdan ortiqchasiga sotishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:32 | Savol-javoblar | 153 | Moliya va tijorat