Uy xovli taqsimlash haqida

Assalomu alaykum! Qizlar voyaga etgandan so‘ng turmushga uzatiladi va faqat turmush o‘rtog‘i ruxsat bersagina ota onasi xonadoniga kelishi mumkin. Agar 2-3 yoki undan ko‘p bo‘lsa, ota ona xonadonida ko‘proq kenja o‘g‘il qoladi, kattalari esa boshqa uchastka qilib ketishadi. Agar katta o‘g‘il qolgisi kelsa u xolda kenjasiga uy olib berib qolishi mumkin. Bu xolat shunchaki avvalgilardan qolgan odatmi yoki kenja o‘g‘ilga deb qandaydir xadislar kelganmi? Meros haqida oyatlar kelganini eshitgandim. Lekin aynan qandayligini bilmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu hozirgi kundagi birovning mulki birovnikiga aralashib ketishning eng asosiy sababi hisoblanadi. Agar ota-ona tirikliklarida uyning tashqarisiga chiqib “Mana bu uy senga bizdan hadya, qabul qilib ol” desalar va o‘g‘il uni qabul qilib olsa hadya qilish tamomiga etgan bo‘ladi. Keyin “bemalol shu uyda yashayveringlar” deyishi bilan ular shariat hukmi bo‘yicha o‘g‘ilning uyda yashab turgan bo‘ladilar. Shunda vafotlaridan keyin meros o‘laroq taqsim qilinmaydi. Agar “Bizdan keyin senga” deb vasiyat qilsalar va vafot topsalar aka-singillar “ota-onamning vasiyatiga rozimiz” deyishsa ham uy o‘g‘ilniki bo‘ladi. Ota-ona tirikligida vasiyatga rozi bo‘lishib, vafotidan keyin meros bo‘yicha taqsim qilamiz deyishsa ham haqlari bor. Agar hadya qilingan bo‘lsa roziliklarining e’tibori yo‘q. Faqat hadiyani to‘liq qo‘lga olgan bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar