To‘g‘ri maslahat berdimmi ?
Assalomu alaykum! Bir Jum’a kunida, tahoratxona yonida birodarlarimni kutib turganimda, bir notanish birordarimiz oldimga kelib, burinlaridan qon oqayotganini va mendan nima qilish kerakligini so‘rab qoldilar. Burunlaridan qon to‘xtamasa tahoratlari durust bo‘lmasligini o‘zlari ham, men ham bilib turibmiz. Men ulardan qon umuman to‘xtamayaptimi deb so‘rasam anchadan beri turibman to‘xtamayapti, ro‘molchamni olishim bilan qon to‘xtamay oqayapti dedilar. Men ularga agar qon to‘xtasa, tahoratni faqat farzlarini bajargan holda tahorat olsangiz tahoratingiz inshaalloh durust bo‘ladi demoqchi edim. Qon to‘xtamayotganini bilgach, birodarimiz endi nima qilaman Jum’a namozini o‘qimasam gunohkor bo‘lib qolmaymanmikan deganlarida, men ularga menimcha gunohor bo‘lmaysiz degan edim va birodarimiz o‘sha kuni Jum’a namozini o‘qimadilar. Men esa o‘sha kundan beri bu voqeani yodimga olishim bilan o‘shanda noto‘g‘ri qilmadimmikan deb o‘ylanaveraman. Men to‘g‘ri qilganmanmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qon peshindan asrgacha to‘xtamagan bo‘lsa o‘qigan jumasi juma bo‘lar edi. Mabodo to‘xtasa peshin o‘qishi kerak bo‘lar edi. Tish oldirganlar ham shu masalani bilib qo‘yishlari kerak. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat