Ilm uchun farzandni kechiktirish

Assalomu alaykum! Men Allohning izni ila 1 yildan buyon Qur’on yodlashlikka mahkam bel bog‘lagandim(Alhamdulillah). Ammo oxirigacha yodlab chiqishga ulgurmagandim. Meni hayotimdagi eng katta niyatim ham, orzuyim ham shu edi. Ammo uyimdagilar fotixa qilamiz deb qat’iy turib oldilar. Meni xohishimni inobatga olmay fotihani o‘tkizdilar. Lekin kuyov tarafga Qur’onni oxirlatish uchun hamma sharoitni qilib berasizlar, ustozining oldilariga olib borasizlar deb aytganlar, ular ham rozi bo‘ldilar(Alloh ulardan rozi bo‘lsin). Lekin nikohdan keyin kelinlik vazifalari bo‘ladi. Uni ham yaxshi harakat qilsam uddalay olaman, in shaa Alloh. Lekin men farzand ilmdan biroz chalg‘itadi deb bilaman. Aslida u ne’mat ekanligiga iymonim komil. Biroq shunda ham men Qur’onim qolib ketmasligi uchun vaqtinchalik (Qur’on yodlab olgunimcha) farzand ko‘rmaslik choralarini qo‘llashim mumkinmi? Masalan turli tabletkalar yordamida. Kuyov bunga rozi bo‘lmasalarchi? Bunday xolatda faqat va faqat ilm uchun farzand ko‘rishni kechiktirishga mening haqqim bormi? Ishoninglar qalbimda undan ortiq narsa uchun bu ishni qilish niyatim yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Niyatingizda sodiq bo‘lsangiz Alloh taolo ishingizni to‘g‘rilab qo‘yadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:42 | Savol-javoblar | 139 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar