Yosinning fazilati

Shayx Hazratlari kimki Yosinni yozib ichsa quvvayi hofizasi ziyoda bo‘lishi, mingta nur, mingta shifo va mingta dardiga davo bo‘lishi haqida “Yosin surasining fazilatlari” nomli kichik bir kitobchada yozilgan ekan. Chorsu bozorida Yosin surasini zafaronda qog‘ozga yozilganini (qog‘ozni tovoqqa qo‘yib ustidan suv quyilarkan va yozuv suvga chiqqandan so‘ng qog‘ozni olib tashlab ichilarkan) va alyumin idishga o‘yib yozilganini(idishga to‘ldirib suv quyib so‘ngra ichilarkan) sotishmoqda. Bir domla zafaronda yozilgani yaxshi xotirang kuchli bo‘ladi. Uni ertalab och qoringa ichish kerak. Alyumin idishdagi bo‘lmaydi dedi. Mehmonga kelgan yoshi ulug‘ momo esa alyumin idishdagisi yaxshi zafarondagisi bo‘lmaydi dedi. Juda ko‘p odam ikkisidan ham xarid qilishmoqda. 1) Yosin surasini yozib ichish shifoligi rostmi? 2)Qay biri afzal zafaronda qog‘ozga yozilganimi yoki alyumin idishdagi? 3)Ikkisini baravar iste’mol qilsa bo‘ladimi? ALLOH rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu surani o‘qish, yodlash kerak.

30 Aprel 2022, 17:07 | Savol-javoblar | 230 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar