Sajdani erga qilish haqidagi hikoya to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Sarkarda Amur Temur kunlarning birida barcha olimlarni yig‘adi va ularga nima sababdan namozda erga sajda qilinadi deydi. Olimlardan turli noto‘g‘ri javoblar bo‘ladi, shunda bir olim “shoxim biz erdan olinganmiz Alloh bizni erdan yaratdi va erga rahmat deb sajda qilamiz” degan va Amur Temur ma’qullagan. Menga bu voqeani buvim aytib berdilar, kitobdan o‘qigan ekanlar. Bu iymonga zid bo‘lgan gaplar emasmi? 2). Ya sin so‘zing ma’nosi “ey odam” deganimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shuning uchun hukmlarni va ularning hikmatlarini qaysidir dinni tanimagan kishilarning romanlaridan olinmaydi. Chunki romanlar to‘qima bo‘ladi, to‘qimalarning darajasi to‘quvchilarning ilmiy saviyasiga yarasha bo‘ladi. Bizni avvalda o‘tgan barcha shoir va yozuvchilarimiz yoshliklaridan qori bo‘lganlar, hadis va fiqhda mohir bo‘lganlar. Shuning uchun ularning yozganlari biror manbaaga suyangan bo‘lgan. Hozirgi yozuvchi va shoirlar haqida bunday deyolmaymiz. Ular haqida yaxshi gumonni qilamiz, ammo yozgan narsalarida biror ishonchli manbaaga suyanganlari ko‘p ham ko‘zga tashlanmaydi. Biz namozda sajdani Allohni ulug‘lab qilamiz. 2). Yo‘q. Bu kabi hurufi muqottoatlarni mutashobih, ya’ni shakli va o‘qilishi ma’lum, lekin Alloh undan nimani iroda qilgani O‘zigagina ma’lum banda buni bilmaydi deb e’tiqod qilinadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:43 | Savol-javoblar | 152 | Aqiyda