Shoximardon
Assalomu alaykum! Hurmatli ilm axli, bizlar uchun qilayotgan xayrli ishlaringiz uchun ko‘plab tashakkurlar izxor etgan xolda quyidagi savolni yo‘llamoqchi edim. Izlash xizmatidan topa olmadim. Yaqinda do‘stlar bilan Farg‘ona viloyatining Shoximardon degan joyiga bordik. Qaytishda bir ziyoratgoh meni juda ajablantirdi va xayratlandim. Ya’ni, ziyoratgoxning nomi "Xazrati Ali" deb nomlanadi. U joyning shayxidan rostdan xam Ali xazratlarining qabrimi, deb so‘radim. Shayx juda ko‘p ma’lumot aytdi, dalilar bilan va oxirida yana ko‘ngilda xech qanday shubxa bo‘lmasligini aytdilar. Men taqvodor do‘stim bilan bu xaqda fikrlashsam, do‘stim bizning yurtimizda faqat bitta saxobaning qabri bor ekanligi, u xam bo‘lsa Samarqandda bo‘lishi mumkinligini aytdi. Ikkilanib qoldim... Agarda sizlarda bu xakda ma’lumot bo‘lsa, iltimos ko‘mak beringlar. Bilimsizligim uchun uzur so‘rayman. Alloh ilmlaringizni yanada ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shayton va uning do‘stlari insonlarni adashtirish uchun turli makr hiylalarni qilishadi. O‘shalardan biri insonlarni soddaligi, ilmsizligi, din va uning arboblariga haqiqatini bilmasdan muhabbat qilishlaridan foydalanishdir. Bu kabi bilsa hazil bilmasa chin qabilidagi ziyoratgohlar juda ko‘p. Undan ko‘zlangan maqsad xalqni shirkka chaqirish va moddiy foyda olib qolishdir. Yurtimizda ham bu kabi ziyoratgohlar juda ko‘p. Samarqandda esa sahobalardan Qusam ibn Abbos roziyallohu anhuning qabrlari bor degan ma’lumot bor. Undan boshqa birorta sahoba haqida qat’iy ma’lumot yo‘q. Hazrati Aliyning qabrlari bo‘lishi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar