Ishlamayman desam sharoit to‘g‘ri kelmayapti
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilimingizni ziyoli qilsin. Allohga shukur nomoz o‘qishni boshladim, namozlarimi 5 maxal o‘qishga xarakat qilyapman o‘zim davlat tashkilotida ishlaganim sababli bazi vaqtlarda qazo bo‘lib qoliyapti. Uyga kelib xufton namozini to‘liq o‘qib qolganlarini farz namozini o‘qimoqdaman. Zikrni ko‘p aytaman Muxtaram Shayximizlarni o‘qib to‘g‘ri saboq chiqarmoqdaman. Ustoz mani savolim shuki hijobga kirmoqchiman, buni chin dilimdan xoxlayapman, ammo davlat tashkilotida bo‘laganim sababli buni ilojisi bo‘mayapti. Ishlamiman desam oilaviy sharoitimga to‘g‘ri kelmaydi, dugonamga aytganimda turmushga chiqsang keyin hijobga kirarasan, xozir xamma ammalarni qilsang xam o‘tadi deb aytvotti. Ustozlar man qanaqa yo‘l tutsam bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hozirgi kunda hammaning og‘zida hijob degan so‘z. Buni ishlatishga o‘zi hojat yo‘q. Chunki dinimizda diniy libos degan narsa yo‘q. Qanday qilib bo‘lsa ham avratingizni berkitishga harakat qiling. Buning uchun ishlamaslikka ham hojat yo‘q. Nima bo‘lganda ham namozingizni tark qilmang. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:45 | Savol-javoblar | 140 | Ruhiy tarbiya