Onamga vasiyat qilingan uy

Assalomu alaykum! Chigal vaziyatga tushib qoldim. Onamning onalari betobligi boisdan va kenja tog‘amizning ichkilikboz, onaga bee’tiborligidan mening onam 5 yil mobaynida eri, farzandi va ro‘zg‘oridan uzoqda ona parvarishi bilan bo‘ldi. Otamiz xam biz farzandlar xam qo‘limizdan kelgancha qo‘llab quvvatladik. Yaqinda momomiz olamdan o‘tdilar. Keyin ma’lum bo‘lishicha, momomiz o‘zi yashagan xovlini onamizga vasiyatnoma yozib bergan ekan. Bu xovlida kenja tog‘amiz oilasi bilan istiqomat qiladi. Savolim: Onam bu uyni olib qo‘yishi qanchalik to‘g‘ri(xovli olingandan keyin yuz ko‘rmas bo‘lishlari anik). Onam bu ish bilan shug‘ullanishni menga yuklamoqchilar. Bu ish gunoxligi xaqidagi gaplarim ta’sir qilmayapti. Bu ishda onamga bo‘ysunmasligimda menga gunox bormi? Ma’lumot uchun: Bobomiz olamdan o‘tganlar, onamiz 6ta aka ukalar. 4 opa ukalari ulushlaridan onamizga voz kechishgan. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shariatda merosxo‘rlarning o‘ziga vasiyat o‘tmaydi. U uydan onangizga nechta aka-uka va singillar bo‘lsa o‘sha singilga tegadigan ulushgina tegishi mumkin. Nechta o‘g‘il va nechta qizligini aniq yozsangiz masalasini aytib beramiz. Hammasini o‘ziga olib qolishligi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:46 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar