Tijoratda gunohga sherik bo‘lishdan qochib yolg‘on ishlatish

Assalomu alaykum! Ustozlar, men oziq-ovqatlar do‘konida ishlayman. Do‘konda ochik oydin xarom qilingan cho‘chqa go‘shti, spirtli ichimlik va sigaret sotilmaydi. Ammo shokolad ichiga qo‘shilgan likyorli va (zaspirtovannoe) vino qo‘shilgan shokoladlar sotilishini ko‘rib qoldim. U xarommi va u narsani bilmasdan eb qo‘yish inson tanasida 40 kun chiqib ketmaydimi? Ustoz yana do‘konga mendan sigareta va spirtlik ichimlik qaerda sotilishini so‘rab kelishadi. Men gunohiga sherik bo‘lmay deb bilmayman deb javob beraman. Bila turib shunday paytda nima deb javob berish kerak? agar chekma zarar va xarom deb aytsam o‘zimga ortiqcha muammo ortirib olishim mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohga shukur xalqimizning ma’naviy saviyasi yuqorilashib ochiq-oydin haromlar bilan birga shubhalarlan ham saqlanishni boshladilar. Bu quvonchli va Allohning rahmat-barakaotini jalb qiluvchi holdir. Chunki bunday ishlar insonni duosi ijobat darajasiga ko‘taradi va minglab insonlar qilolmaydigan ishni duosi bilan ro‘yobga chiqishiga sabab bo‘ladi. Har bir taraqqiyotning ortida bunday insonlarning hissasi ulkan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:47 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar